Putin saylovda g‘alaba qozondi

Olam

image

2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya prezidentligiga nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin yetakchilik qilmoqda. Bayonnomalarning 99,67 foizi ko‘rib chiqilgach, u 87,32 foiz ovoz oldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Ikkinchi o‘rinda 4,30 foiz ovoz olgan Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodi Nikolay Xaritonov.

Undan keyingi o‘rinda “Yangi odamlar" partiyasidan nomzod Vladislav Davankov 3,82 foiz ovoz olgan.

To‘rtinchi o‘rinda 3,20 foiz ovoz bilan LDPR nomzodi Leonid Slutskiy.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Sharl Mishel Rossiyada saylov boshlangan kunning o‘zida Putinni g‘alabasi bilan tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing