Putin Samarqandga yetib keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ayni damda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrifning birinchi kunida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatni imzolash ko‘zda tutilgan.

16 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov allaqachon Samarqandga yetib kelgan. 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

771

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing