Putin safarbarlikka oid yana bir farmonni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 5 oktyabr kuni fuqarolarning qo‘shimcha toifalari uchun qisman safarbarlikni kechiktirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda u “Yil o‘qituvchisi” tanlovi finalchilari bilan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Rossiya davlat rahbarining kechiktirish haqidagi farmoni innovatsion ilmiy-texnika markazlari hududlarida hamda ma’naviy-ma’rifiy tashkilotlarda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim dasturlari, rezidentura, ordinatura stajirovkalari bo‘yicha o‘quv faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda hamda aspirantura talabalariga nisbatan qo‘llaniladi.

Xususan, Putinning so‘zlariga ko‘ra, kechikish ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllarida birinchi marta o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi dastlab Rossiya fuqarolarining bir qator toifalarini qisman safarbarlik doirasida chaqirishning hojati yo‘qligini xabar qilgan, ammo tegishli o‘zgartirishlar normativ-huquqiy bazaga o‘z vaqtida kiritilmagan. 

“Shuning uchun Mudofaa vazirligi va hukumat tomonidan kiritilgan farmon loyihasida qator kamchiliklar borligi aniqlandi va biz bugun ushbu hujjatga tegishli tuzatishlar kiritishimiz kerak. Farmonni chiqarish uchun topshirganman, u allaqachon imzolangan, o‘sha yerda ham shunday tuzatishlar kiritilgan”, deydi Prezident.

Uning qayd etishicha, ushbu farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

“U 2022 yil 21 sentyabrdan, ya’ni birinchi farmon qabul qilingan paytdan boshlab vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga taalluqlidir”, deydi davlat rahbari. 

Shuningdek, Putin, ushbu hujjatning chiqarilishi bilan qisman safarbarlikka tortiladigan fuqarolar toifalarini belgilashda yuzaga kelgan muammo hal etilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Safarbarlik

Baholaganlar

933

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing