Putin Rossiyaning eng ishonchli ittifoqchisi qaysi davlat ekanini aytdi 

Olam

image

Serbiyaliklar asrlar davomida Rossiya Federatsiyasining ishonchli ittifoqchilari bo‘lib qolgan. Moskva buni biladi, eslaydi va qadrlaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 6 mart kuni Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

"Rossiya va Serbiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos xususiyatga molik, ular chuqur tarixiy ildizlarga ega. Men bu haqda doim alohida iliqlik bilan so‘z ochaman, chunki asrlar davomida serblar Rossiyaning eng ishonchli ittifoqchilari bo‘lib kelgan, biz buni bilamiz, eslaymiz va qadrlaymiz”, degan Putin.

Ma’lumot uchun, avvalroq Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich RTS telekanaliga bergan intervyusida Serbiya Rossiya oldida hech qanday majburiyatga ega emasligini, biroq mamlakat hayotiy manfaatlariga tahdid solinmaguncha Serbiya hech kimga nisbatan sanksiyalar qo‘llamasligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirlarida Rossiya Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy tadqiqot instituti 2023 yilgi Rossiyaga do‘st davlatlar reytingini e’lon qilgan edi. Unda  Belarus – 87,6 ball bilan ilk pog‘onada qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Serbiya ittifoqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing