Putin Rossiyadagi migratsiya bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
Olam
−
10 dekabr
11712Migratsiya holati har qanday mamlakat aholisi uchun qulay bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin KXSHTga a’zo davlatlar parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Migratsiya xavfsizligi konsepsiyasi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar o‘z vaqtida tayyorlandi. Bundan Rossiya Federatsiyasi ham, hamkorlarimiz ham manfaatdor”,degan u.
Davlat rahbari, shuningdek, KXSHTning bir mamlakatidan boshqasiga ko‘chib o‘tayotgan fuqarolar, mahalliy aholi o‘zini xotirjam va xavfsiz his qilishi uchun o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonlar yashash va ishlashni rejalashtirgan davlat tilini ham bilishi kerak.
Bundan tashqari, Vladimir Putin ko‘chib o‘tayotganlar uchun ijtimoiy kafolatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, Davlat Dumasi migratsiya siyosatini tartibga solish bilan bog‘liq bir qancha qonun loyihalarini ko‘rib chiqmoqda. Agar ular qabul qilinsa, yil oxirigacha Rossiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 13 ta qonun amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati Davlat Dumasiga migratsiya sohasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik, shu jumladan migratsiya organlarida soxta ro‘yxatga olish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi