Putin Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz ittifoqiga qolganlar ham tayyorligini aytdi

Olam

image

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 9 dekabr kuni Bishkekda jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi. 

"Ularni (gaz bo‘yicha hamkorlik bo‘yicha qarorlar) albatta, topish mumkin. Shu ma’noda, bu qandaydir energetik ittifoq bo‘lishi mumkin”, deydi u.

Shuningdek, davlat rahbari bu masala kelishish va hatto murosa qarorlarini muvofiqlashtirish, ishlab chiqish va qabul qilishga e’tibor qaratdi. 

Uning urg‘ulashicha, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik yaxshi istiqbolga ega.

“Bu (gaz sohasidagi hamkorlik) yaxshi, katta, juda istiqbolli ish.  Va kelajakka yaxshi istiqbollar bor. Biz ishlaymiz. Bu ish boshlandi”, deydi davlat rahbari.

U bunday hamkorlik ekspertlar darajasida tizimli ish olib borish, hisob-kitoblar, moliyaviy muvofiqlashtirish va har bir davlatning sarmoya kiritishda ishtirokini taqozo etishini ta’kidladi.  

“Aytgancha, hamma tayyor. Bu qo‘shma ishni hamma xohlaydi, hatto qo‘shma sarmoya kiritishga ham tayyor”, deydi Putin. 

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 

8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi mamlakat ichidagi iste’mol talabi bilan bog‘liqgini aytib chiqdi.

"Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti", degan edi vazir.  

Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bayonot bilan chiqib, gaz ittifoqini tuzishda hech kim siyosiy shartlar qo‘ymayotgani, ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing