Bosh prokuratura Kusherboyev atrofidagi voqealarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
Kusherboyevga bosim bo‘lyaptimi? Deputat izoh berdi north_east

Kusherboyevga bosim bo‘lyaptimi? Deputat izoh berdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevga bosim uyushtirilyotgani haqida xabarlar tarqalgani va deputatning o‘zi bunga munosabat bildirgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmat rahbari Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Bosh prokuratura deputatga nisbatan prokuratura organlari tomonidan qandaydir ta’sir ko‘rsatishga urunilayotganini inkor etdi. Bunday asossiz iddaolar ortidan kelib chiqayotgan shov-shuvlar jamoatchilik fikrini chalg‘itishi barobarida xolis tergovga ta’sir qilishi ehtimolini yuzaga keltirayotganini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, “Rasul Kusherboyevga nisbatan ko‘rsatma olish“ uchun go‘yoki “hiqqildog‘idan olinayotgan“ tadbirkorlarning vajlari ham asossiz. Ulardan o‘zlariga nisbatan dastlabki tergov jarayonida nisbatan ruhiy yoki jismoniy bosim o‘tkazganlik holati bo‘yicha hech shikoyat kelib tushmagan. Ayblanuvchilar malakali huquqiy yordam olish imkoniyatiga ega, bu borada hech qanday muammo yo‘q.

“Endi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi haqida ikki og‘iz.

Dastlabki tergov hujjatlarga ko‘ra, B. Kuziyev Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan “Qoʻshyogʻoch Oltin Fayzli Baliqlari” MCHJga norasmiy ravishda rahbarlik qilib,(ushbu jamiyatga rasman rahbarlik qilib kelgan) ukasi J. Zokirjonov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2018 yildagi 983-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Foydali qazilmalarni qazib olish uchun kon ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga zid xatti-harakatlar sodir etishgan. Nizomda ko‘ra, qazib olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va yer osti suvlaridan yer uchastkasi egasi (foydalanuvchi)ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchungina foydalanilishi, foyda olish maqsadida qazib olingan foydali qazilmalarni boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ekspertiza xulosasida — baliq havzasini tashkil etish jarayonida qum-shag‘alni boshqa iste’molchilar va korxonalarga foyda olish maqsadida berish va sotish qat’iyan ta’qiqlanganligi ko‘rsatilgan.

“Qoʻshyogʻoch Oltin Fayzli Baliqlari” MCHJni boshqarib kelishgan aka-ukalar yuqoridagi talablar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga (PQ-3286-sonli) zid ravishda qurilish qurmaslik sharti bilan baliq boqish uchun sun’iy hovuz qurilishini loyihalashtirish maqsadida Yangiyo‘l tumanining Yangihayot massividan ajratilgan 11,8 gektar yer maydonining 4,0 gektar qismidan(baliqchilik havzasini tashkil etish maqsadida) qazib olingan jami 57.218,01 m3 hajmdagi qum-shag‘al aralashmalarini ish haqi va boshqa maqsadlarda hisob-kitob qilish maqsadida hududdan olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yishgan. Natijada o‘ziga ishonib topshirilgan va uning ixtiyorida bo‘lgan davlat va jamoatning qiymati 600 mln. 789 ming 105 so‘mlik juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan”, deyiladi munosabatda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida J. Zokirjonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Uning akasiga tergovdan yashiringani sababli unga nisbatan ham ayni modda bilan ayb e’lon qilinib, qidiruvga berilgan.

Jinoyat ishining J. Zokirjonovga tegishli qismi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev Bosh prokuratura

Baholaganlar

870

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing