Kusherboyevga bosim bo‘lyaptimi? Deputat izoh berdi

Jamiyat

image

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Qonunchilik deputati Rasul Kusherboyevga bosim bo‘layotgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

Deputatning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabarlar va videomaterial muallifining murojaatlari yuzasidan munosabatini bildirdi. 

“Yangiyo‘llik tadbirkor videoda bayon etgan holatlar, yer uchastkasi bilan bog‘liq vaziyat va boshqa ishlar bo‘yicha ayrim prokuratura mas’ullarining menga ayblov uyushtirish, majburan ko‘rsatma olishga urinishlari haqida fuqarolar tomonidan menga ham murojaatlar bo‘lgan va ularni imkon darajasida o‘rganganman.

Ushbu holatlar bo‘yicha huquqiy baxo berish, deputat faoliyati, o‘zi va oilasi daxlsizligi bilan bog‘liq kafolatlarni to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli yuqori idoralarga murojaat qilganman.

Umid qilamanki, barcha holatlar hech qanday ta’sirlarsiz xolis o‘rganilib, huquqiy baxo beriladi, deputat daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘si ta’minlanadi.

Eslatma uchun deputatning odamlarga, tadbirkorlarga huquqiy ko‘mak berishi, muloqot qilishi, do‘stlarga ega bo‘lishi, xalq dardini eshitib har qanday vaziyatda ham fuqarolarning yonini olishga urinishi qonunbuzarlik bo‘lishi mumkinmas. Bu faqat ayrim nopok shaxslarning dunyoqarashi xolos.

Bo‘layotgan ishlardan qattiq xafaman. Barchaga e’tibor va ma’naviy qo‘llov uchun rahmat!”, degan Rasul Kusherboyev.

Ta’kidlash joizki, Rasul Kusherboyev xalq orasida anchayin faol va yuz berayotgan hodisalarga tezda munosabat bildirishi bilan yaxshi tanish. U Ichki ishlar vazirligi va namanganlik deputat hamda IIV va Yulduz Usmonova bilan bog‘liq vaziyatlarda ham o‘z munosabatini bildirib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev

Baholaganlar

938

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing