Putin Pashinyan bilan Tog‘li Qorabog‘dagi hodisalarni muhokama qildi

Olam

image
Mash’um tun: Qorabog‘ning qonli tarixi north_east

Mash’um tun: Qorabog‘ning qonli tarixi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatni telefon orqali Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan muhokama qildi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar bermoqda. Suhbat Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. 

"Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasidagi vaziyatni keskin yomonlashishi muhokama qilindi. Rossiya tomoni keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvlarning tiklanishidan jiddiy xavotir bildirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari bugun, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi

Eslatib o‘tamiz, bugunning o‘zida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, zudlik bilan sulh tuzishni taklif qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing