Putin Ozarbayjon va Armanistonning “yarash oshi”ga bir qadam qolganini aytdi

Olam

image

Kecha, 25 may kuni Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv, Putinning avval Aliyev, keyin esa Pashinyan bilan uzoq davom etgan ikki tomonlama suhbatlaridan so‘ng boshlangan. 

Liderlarning so‘zlariga izoh bergan Putin, Armaniston va Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga ega bo‘lishi muhimligini ta’kidladi. Keyinroq u Rossiya Federatsiyasi, Armaniston va Ozarbayjon bosh vazirlari o‘rinbosarlarining bir hafta ichida mintaqadagi transport kommunikatsiyalarini blokirovkadan chiqarish bo‘yicha qolgan masalalarni hal etish rejalashtirilgan uchrashuvini e’lon qildi. Shu bilan birga, Rossiya davlati rahbari Moskvaning Lochin yo‘lagi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmasligiga e’tibor qaratdi. Shu tariqa u Pashinyanning Lochin yo‘lagi hududidagi keskin vaziyat haqidagi so‘zlariga javob berdi.

Uning fikricha, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat biroz qiyinchiliklar bo‘lsada, kelishuvga qarab ketmoqda. 

“Umuman olganda, mening fikrimcha, hali ham mavjud bo‘lgan har qanday qiyinchilik va muammolarga qaramay, vaziyat hal qilish yo‘lida rivojlanmoqda”, deydi Putin. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining ta’kidlashicha, bu yo‘nalishlardan biri transport kommunikatsiyalari bo‘yicha ishlar.  

Putin Ozarbayjon va Armaniston tomonlariga yangi uchrashuv o‘tkazish taklifiga tezkor javob uchun minnatdorlik bildirdi. U mamlakatlar uzoq vaqtdan beri gapirayotgan bu ayrim masalalarni amaliy hal qilish uchun yaxshi muqaddima bo‘lishini kutmoqda. 

“Mana shu formatda biz ko‘p narsaga erishdik”, degan Putin 2020yil kuzida nafaqat harbiy harakatlar to‘xtatilgani, balki iqtisodiy va transport kommunikatsiyalarini blokdan chiqarish, chegarani delimitatsiya qilish ishlari boshlanganini qayd etdi.  

Matbuotga ochiq bayonotdan so‘ng tomonlarning uchrashuvi yopiq eshiklar ortida davom etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etdi. Armaniston va Ozarbayjon hududiy yaxlitlikni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishib oldi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mazkur kelishuv haqida YeOII sammitida ma’lum qilgan. Shu bilan birga, u xalqaro mexanizm doirasida (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ aholisining huquqlari va xavfsizligi masalasiga to‘xtalib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing