Putin Oq O‘rdada tantanali kutib olindi

Olam

image

Oq O‘rda qarorgohida Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisini Oq O‘rdaning katta zalida kutib olgan. Prezidentlar bir-birlari bilan salomlashgan. An’anaga ko‘ra, oliy martabali mehmonlarni kutib olish uchun faxriy qorovul saf tortgan.

Rota rahbari tomonidan ikki davlat rahbarlariga tabriknoma berilgach, Qozog‘iston va Rossiya davlatlarining madhiyasi yangragan.

Shundan so‘ng Vladimir Putin, protokolga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi va Prezident ma’muriyati a’zolari bilan qo‘l berib ko‘rishgan.

Marosimdan so‘ng, Prezidentlar videoaloqa orqali Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumining yalpi majlisida ishtirok etgan. Bu yilgi tadbirning mavzusi “Qishloq xo‘jaligi – kuchli iqtisodiyot poydevori” deb ataladi.

Forum yakunida yirik shartnomalar paketi imzolanishi kutilmoqda. Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlarining ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 noyabr kuni ertalab Ostona aeroportida Putinni Qozog‘iston Prezidenti shaxsan kutib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing