Putin Navalniyni o‘ldirishga buyruq berganmi? So‘z Vladimir Vladimirovichga

Olam

image
Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim?  north_east

Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim? 

Rossiya siyosiy raqiblarni o‘ldirish bilan shug‘ullanmaydi va bu o‘tgan yil Aleksey Navalniy bilan bo‘lgan voqeaga ham tegishli. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Amerikalik jurnalistning Navalniyga suiqasd qilish buyrug‘ini berganmisiz, degan savoliga RF Prezidenti “bizda biron kishini o‘ldirish odati yo‘q”, deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy o‘tgan yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va darhol hibsga olindi.

Keyinroq “Iv Roshe” ishi bo‘yicha sud qilingan muxolifatchi 3,5 yilga qamaldi. O‘lishiga bir baxya qolgan Navalniyning o‘zi bir qator intervyu va chiqishlarida joniga suiqasd qilinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinni ayblagan.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin AQSH rahbari Jo Bayden bilan 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Shveysariyadagi uchrashuvi oldidan Amerikaning NBC telekanaliga intervyu berdi.

Amerikalik jurnalist bilan suhbat davomida Putin AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp va Jo Baydenni taqqoslab, siyosiy figura sifatida ikkisini turlicha baholagan. Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi ushbu intervyuda Baydenning “Putin qotil”, degan so‘zlariga ham munosabat bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing