Putin Bayden va Trampni taqqosladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq rahbari Donald Trampdan farqli ravishda, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden impulsiv qarorlar va harakatlardan voz kechishiga umid qilmoqda. Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bayden Trampdan butunlay farq qiladi, chunki Prezident Bayden — siyosatchi. U deyarli butun katta yoshdagi hayotini siyosatda o‘tkazgan. Baydenning ba’zi bir afzalliklari, kamchiliklari bor, ammo AQSHning amaldagi Prezidenti tomonidan impulsiv harakatlar bo‘lmasligiga umid qilaman”, deydi Rossiya rahbari.

Rossiya Prezidenti o‘z intervyularidan birida Putinni “qotil” deb atagan AQSH Prezidenti Baydenning tajovuzkor bayonotiga oid savolga quyidagicha javob berdi:

“Men o‘zimning faoliyatim davomida barchaning har xil bahona va sabablarga ko‘ra, turli xil kalibr va shafqatsizlikka oid hujumlariga odatlanib qoldim. Bular meni ajablantirmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin AQSHning sobiq rahbari Donald Tramp haqida fikr bildirib, uni “yorqin shaxs” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Bayden

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing