Putin muzokaralardan qo‘rqadi – Zelenskiy
Olam
−
29 yanvar
7358Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga nisbatan tinchlik muzokaralaridan qochayotganini va abadiy urush qilishni xohlayotganini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Bugun Putin yana muzokaralardan, kuchli rahbarlardan qo‘rqishini va urushni cho‘zishga harakat qilayotganini aytdi. Uning har bir qadami va barcha siyosiy chiqishlari urushni abadiy qilishga qaratilgan”, deydi Zelenskiy.
Zelenskiy bu so‘zlarni Putin uni Ukraina Prezidenti sifatida qonuniy deb hisoblamasligi va Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash huquqiga ega emasligini bildirgan bayonotiga javoban bildirdi. Putinning fikricha, Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat prezidenti harbiy holat davrida o‘z vakolatlarini uzaytirish huquqiga ega emas. Zelenskiyning prezidentlik muddati esa 2024 yil may oyida tugagan.
Zelenskiy bu bayonotga javoban jahon rahbarlarini o‘tgan xatolardan xulosa chiqarishga, kuchlarini birlashtirishga va Rossiyani haqiqiy tinchlikka majburlashga chaqirdi.
“Putinda dunyoni yo‘q qilish uchun katta imkoniyatlar bor, lekin unda haqiqiy bosimga qarshilik ko‘rsatish uchun juda kichik va qo‘rqoq yurak mavjud. Ana shu sababli biz birgalikda va qat’iy harakat qilishimiz kerak”, deydi u.
LiveBarchasi
Trenddagilar


