Putin muhojirlarning Rossiyada qolish muddatini yana uzaytirdi

Jamiyat

image

Rossiyada doimiy yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasining muddati tugagan xorijliklar 15 dekabrgacha mamlakatda qoliishga ruxsat berildi. RF Prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonning amal qilish muddatini yangiladi. Yangi farmon 23 sentyabrda imzolangan, biroq 16 sentyabrda kuchga kirgan.

Hujjatga muvofiq chet elliklar 15 sentyabrgacha amal qilish muddati tugayotgan hujjatlarini (viza, vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatnomasi, migratsion karta va boshqalar) uzaytirmasa bo‘ladi. Bu farmon ishlash uchun ruhsatnoma va patentga taalluqli emas.

Shuningdek, Putin shaxsiy guvohnomalarining muddati o‘tgan chet elliklarga Rossiyani “o‘z fuqarolik holati”da tark etishga ruxsat berdi.

Farmon bilan Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan xorijliklarni mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish muddati to‘xtatildi. Shunday qilib, 15 dekabrgacha chet elliklarga nisbatan chiqarib yuborish va deportatsiya qilish kabi qarorlar qabul qilinmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti 18 aprel kuni mamlakatda qolish muddati 15 mart kuni tugagan mehnat muhojirlariga 15 iyungacha erkin yurish va ishlashga ruxsat beruvchi farmonni imzolagandi. Keyinroq bu muddat 15 sentyabrgacha uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing