Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan – Isroil sobiq Bosh vaziri 

Olam

image

Isroilning sobiq Bosh vaziri Naftali Bennet Rossiya Prezidenti Vladimir Putin unga Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da berganini aytdi. Bu haqda uning 12-kanalga bergan intervyusiga tayanib “Times of Israel” xabar berdi.

Sobiq Bosh vazir intervyuda Putin bilan o‘tgan yil mart oyi boshida, vositachilik qilish uchun Moskvaga uchib ketgani haqida gapirgan.

“Men Zelenskiy tahdid ostida ekanini bilardim va bunkerda men Putindan so‘radim: “Zelenskiyni o‘ldirmoqchimisan?”. U javob berdi: "Men Zelenskiyni o‘ldirmayman", deydi Bennet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Putindan Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da berishini so‘ragan.

“Putin buni qilmoqchi emasligini takrorladi”, deydi Bennet.

Rossiya Prezidenti bilan suhbatdan so‘ng, u darhol Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Putinning so‘zlarini unga yetkazgan. 

Bennetning aytishicha, Putin Ukrainani qurolsizlantirishni talab qilmaslikka ham rozi bo‘lgan va o‘sha kunlari Zelenskiy Ukrainani NATOga a’zo bo‘lish talabidan voz kechgan. Shuningdek, Bennet u qilgan hamma narsa (vositachilik harakatlarining bir qismi sifatida) AQSH bilan muvofiqlashtirilganini aytgan.

O‘shanda bu uchrashuv Putinning Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin xorijiy davlat rahbari bilan birinchi uchrashuvi bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy Naftali Bennet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing