Putin Medvedevni nega iste’foga chiqargani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik. RF Hukumatining iste’foga chiqishiga milliy loyihalarning amalga oshirilishi sust ketayotgani sabab bo‘lgan.

RF Prezidenti Vladimir Putin milliy loyihalar amalga oshirilishi qoniqarsiz holatdaligi sababli Hukumatning ishidan norozi bo‘lgan.

“Forbes” nashrining RF Vazirlar Mahkamasiga yaqin manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, o‘tgan yil so‘nggida Putin loyihalarning borishini Medvedev bilan muhokama qilgan.

“Putinga berilgan hisobotda, milliy loyihalar va milliy maqsadlar umuman boshqa tekisliklarda yotgani va birinchisi ikkinchisiga erishishga yordam bermasligi ma’lum bo‘lgan. Bu esa Putinda salbiy munosabat keltirib chiqargan”, deb aytgan manba.

Katta ehtimol bilan Medvedevni iste’foga chiqarish qarorni Putin qabul qilgan. Gap shundaki, iste’fodan oldin Prezident Bosh vazir bilan uchrashgan. Biroq Kreml rasmiy sahifasida bu uchrashuv tafsilotlari ochiqlanmagan.

2019 yilda milliy loyihalar konfiguratsiyasi Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin tomonidan tanqid qilingan. Kudrin Putinga hisobotida milliy loyihalarda “hech narsa bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi”ni, ular maqsadlarga erishishga imkon bermasligini bildirgan. 

Shuningdek, milliy loyihalar ijrosi borishini parlament yuqori palatasi spikeri Valentina Matviyenko ham tanqid qilib, ularning 15-35 foizgagina bajarilganini “rasvogarchilik” deb baholagan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning 2024 yilgacha mo‘ljallangan milliy loyihalari ijrosi uchun bevosita Hukumat javobgar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

511

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing