Putin MDHda rus tili va madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha topshiriq berdi
Olam
−
29 fevral
11807Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 29 fevral kuni Federal Majlisga qilgan murojaatida MDHda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda "Lenta.ru" xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Putin hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.
“Hukumatdan rus tili va ko‘pmillatli madaniyatimizni targ‘ib qilish sohasidagi xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘rayman. Birinchi navbatda, albatta, MDHda va butun dunyoda”, degan Rossiya rahbari.
Shuningdek, u rusofobiya haqida ham gapirib, bu boshqa irqchilik, milliy ustunlik kabi kishini “ko‘r va aqldan mahrum qilishi”ni iddao qilgan.
Xabarda keltirilishicha, 2023 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlari rus tilini kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab, rus tilini targ‘ib qilishga va’da bergan.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakatni mustahkamlashni rus tilini rivojlantirish va rusiyzabon aholini himoya qilishning eng samarali usuli deb atagan edi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi