Putin Mahmud Abbosni BRICS sammitiga taklif qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbosni Qozondagi BRICS sammitiga taklif qildi, biroq Abbosning sammitda ishtirok etishi hozircha aniq emas. Bu haqda Falastinning Moskvadagi elchisi Abdulhafiz Nofalga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

“Biz Prezident Putindan Prezident Abbosga taklif oldik. U BRICS sammitida qatnashish uchun taklif qilindi, lekin u ishtirok etadimi yoki Bosh vazir qatnashadimi, ko‘ramiz”, deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjud, ular xohlagan vaqtda uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Xitoy rahbari Si Szinpin BRICS sammitida ishtirok etishi uchun Rossiyaga borishi xabar qilingan edi. Mahmud Abbos esa 13 avgustda Moskva yaqinida joylashgan Novo-Ogarevodagi qarorgohida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 3 soat davomida muzokara o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made