Putin koronavirusga qarshi yangi choralarni e’lon qildi. Ta’til muddati yana uzaytirildi

Olam

image

Bugun, 28 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin vazirlar va hududlar rahbarlari bilan onlayn-yig‘ilishi avvalida mamlakatda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni ma’lum qildi.

Putin nutqidagi asosiy nuqtalar:

•    Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolyapti, epidemiyaning avj nuqtasi hali o‘tib ketmagan;

•    Dam olish kunlari 11 maygacha uzaytirildi;

•    Cheklovlar har bir mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, bosqichma-bosqich bekor qilinadi;

•    Vazirlar Mahkamasi va “Rospotrebnadzor”ga 5 maydan kechiktirmay 12 maydan cheklovlarni bekor qilish rejasini ishlab chiqish topshirildi;

•    Hukumatga biznes va aholini qo‘lla-quvvatlash, shuningdek, daromadni normallashtirish va iqtisodiyotni o‘stirish bo‘yicha chora-tadbirlarning yangi paketini ishlab chiqish topshirildi.

“Rossiya fuqarolarikerakli talablar, karantin va o‘z-o‘zini yakkalash qoidalariga qanchalik qattiq rioya qilsa, bularning bari shunchalik tez o‘tib ketadi”, dedi Putin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar 93 558 nafarga yetdi. Shundan 8456 nafari davolandi va 867 nafari vafot etdi.

Eslatib o‘tamiz, Putin joriy yilning 2 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda rossiyaliklar uchun ta’til muddatini 30 aprelgacha uzaytirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

616

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing