Putin Kimga sovg‘a qilgan limuzinda Janubiy Koreyadan olingan qismlar bo‘lgan – “Reuters”
Olam
−
28 iyun
8698Rossiya Prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan Aurus limuzinining ko‘plab qismlari chetdan keltirilgan. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni “Reuters” xabar berdi.
“Avtomobilni ishlab chiqaruvchi Aurus Motors kompaniyasi KXDRning “asosiy dushmani” – Janubiy Koreyadan import qilingan millionlab dollarlik ehtiyot qismlardan foydalanadi. Bu Rossiyaning G‘arb texnologiyasiga qaramligi davom etayotganidan dalolat beradi”, deyiladi xabarda.
Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilgan bojxona hujjatlariga ko‘ra, 2018 yildan 2023 yilgacha Aurus avtomobillari va mototsikllarini yig‘ish uchun Rossiya chet eldan kamida 34 million dollarlik asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni olgan. Janubiy Koreyadan qariyb 15,5 million dollarlik avtomobil kuzov qismlari, sensorlar, dasturlashtiriladigan kontrollerlar, kalitlar, payvandlash uskunalari va boshqa butlovchi qismlar keltirildi. Ehtiyot qismlar Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan ham keltirildi.
Qayd etilishicha, Aurus Motors uchun xorijdan yetkazib berish Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan keyin ham davom etgan, 2022 yil fevralidan buyon qariyb 16 million dollarlik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar import qilingan, shundan 5 million dollari Janubiy Koreya hissasiga to‘g‘ri keladi. Aurus Motors va uning bosh direktori Andrey Pankov “Reuters” agentligining kompaniya avtomobillarida xorijiy qismlar, jumladan, Janubiy Koreyadan kelgan qismlardan foydalanish haqidagi so‘rovlariga javob bermadi.
Ma’lumot uchun, Aurus kompaniyasi 2024 yilda Sankt-Peterburgdagi sobiq Toyota zavodida qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. 2024 yil fevral oyida Aurus AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi
04 noyabr