Putin xorijliklarga fuqarolik berishni osonlashtirdi. Ammo bir shart bor...
Olam
−
24 Sentabr 2022 22915 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan xorijliklarga Rossiya fuqaroligini berishni osonlashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Soddalashtirilgan qoidalar kamida bir yillik harbiy xizmat uchun shartnoma tuzgan xorijiy davlat fuqarolariga taalluqli. Ular amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Rossiyada doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz va besh yil davomida doimiy propiskasiz Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, chet elliklar bilan birinchi harbiy xizmat shartnomasi bir yilga tuzilishi mumkinligi ham nazarda tutilgan. Ilgari bunday shartnomaning minimal muddati besh yil edi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi.
Live
Barchasi