Putin xavfsizlik xizmati xodimlariga Prigojinni o‘ldirishni buyurgan – OAV 

Olam

image

Rossiya Bosh shtabiga yaqin manbalar Putin xavfsizlik xizmati xodimlariga “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinni yo‘q qilish vazifasini qo‘ygani haqida xabar berdi

Qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti Prigojinni yo‘q qilish orqali “Vagner”ning qurolli qo‘zg‘olonini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Ammo hozircha mazkur xabarni boshqa manbalar orqali tasdiqlashning imkoni yo‘q.

"Putinga katta to‘qnashuv kerak emas, shuning uchun birinchi navbatdagi vazifa Prigojinni yo‘q qilish va “Vagner”ni yetakchisiz qoldirish”, deydi nashr suhbatdoshi. 
 

Qayd etilishicha, Putin “Vagner”chilar isyonni to‘xtatadigan bo‘lsa, ularga nisbatan amnitsiya berishini qo‘shimcha qilgan. 

Shuningdek, manbaning xabar berishicha, Rossiya qurolli kuchlari “Vagner”ning Moskvaga yurishini to‘xtatish uchun zarur resurslarga ega emas. Ta’kidlanishicha, hozirda Moskvani “Vagner”dan himoya qilish uchun frontda band bo‘lmagan barcha bo‘linmalar – chechen tuzilmalari, Rosgvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari yig‘ilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.

Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va uning oilasi Moskvadan evakuatsiya qilingani, Putin ham vertolyotda Novogorodning Valday shahriga ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing