Putin Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan operativ yig‘ilish o‘tkazishi kutilyapti

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 13 may kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari bilan operativ yig‘ilish o‘tkazadi. 

Xususan, davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov kecha, 12 may kuni jurnalistlarga bergan intervyusida davlat Putin katta ehtimol bilan Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazishini aytgan. 

Putin bunday uchrashuvlarni, qoidaga ko‘ra, haftada bir marta o‘tkazadi. Oxirgi shunday uchrashuvlarda mamlakatning janubiy yo‘nalishida xavfsizligini ta’minlash masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq holda, possovet hududida hamkorlik masalalari, Rossiya Federatsiyasining gumanitar siyosati konsepsiyasi, ichki xavfsizlik sohasida tahdidlarning oldini olish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar muhokama qilingan. 

Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari: Bosh vazir Mixail Mishustin, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Tashqi ishlar Vazir Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB direktori Aleksandr Bortnikov, Prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, davlat rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov, ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev, Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing