Putin kelasi hafta Markaziy Osiyoga keladi
Olam
−
23 noyabr 13793 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi va u yerda boshqa tadbirlar qatorida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) sammitida ishtirok etadi. Bu haqda "Rossiya-1" telekanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida xabar qilindi.
Rossiya rahbari boshqa xalqaro aloqalar va telefon orqali suhbatlarni ham rejalashtirgan. Putinning kelasi haftadagi dasturiga 26-28 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yosh olimlarning 5-kongressi ishtirokchilari bilan uchrashuv ham kiritilgan.
KXSHT sammiti 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Kun tartibiga mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik idoralarini muvofiqlashtirish, terroristik va ekstremistik tahdidlarni zararsizlantirishning yangi yondashuvlari masalalari kiritilgan. Ishtirokchilar tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyatini sarhisob qiladilar va xalqaro va mintaqaviy vaziyatni ko‘rib chiqadilar.
Yig‘ilishning asosiy hujjati Kollektiv xavfsizlik kengashi deklaratsiyasi bo‘ladi. Unda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlar, shuningdek, KXSHT mas’uliyati sohasidagi mavjud xavflarni baholash qayd etiladi.
Putin oxirgi marta Qirg‘izistonga 2023 yil oktyabr oyida tashrif buyurgan, u MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan va respublika Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar olib borgan.
Live
Barchasi