Putin katta davlatlarning yig‘ilishiga bormaydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 noyabr kuni Indoneziya hukumati rasmiysi Jodi Mahardi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 15-16 noyabrida Bali mezbonlik qiladigan  G20 (yirik iqtisodiyotli 20 ta davlat) sammitida qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

Qayd etilishicha, Bali sammitiga Putin Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni vakil qilib yuboradi. Shuningdek, Putin uchrashuvlardan birida onlayn tarzda ishtirok etishi kutilmoqda.

G‘arb davlatlari va Ukrainaning bosimiga qaramay, Indoneziya sammitga mezbonlik qiluvchi davlat sifatida Rossiya yetakchisini yig‘ilishga taklif qilgandi. Indoneziya Rossiyani G20dan chiqarib yuborish kerakligi haqidagi mulohazalarga ham qarshi chiqqan. Ya’ni, barcha a’zolarning yakdil kelishuvisiz buni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida “Rossiya, sammitga xush kelibsan”, deb aytgan. U sammitning xalqaro keskinlikning juda xavotirli kuchayishi soyasida qolishidan xavotir bildirgan.

“Katta yigirmatalik siyosiy forum bo‘lishi uchun mo‘ljallanmagan. U iqtisod va taraqqiyot haqida bo‘lishi kerak”, degan Vidodo.

Shuningdek, Indoneziya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham sammitga taklif qilgan. Zelenskiy sammitda Putin ham qatnashsa, unda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Zelenskiy G20 muzokaralarda onlayn ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 15 noyabrda boshlanadigan sammitda bir qator dunyo yetakchilari, jumladan, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin ishtirok etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing