“Putin “quvg‘indi”ga aylanadi”. Bayden urush uchun Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy qildi
Olam
−
25 fevral 2022
22350AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli unga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.
Ularga quyidagilar kiradi:
- Rossiya biznesi uchun dollar, yevro, funt va iyenadagi operatsiyalarni cheklash;
- Rossiyaga yuqori texnologiyali mahsulotlar importini 50 foizga cheklash;
- Rossiyaning to‘rtta bankiga, shu jumladan VTBga qarshi sanksiyalar;
- Rossiyaning yirik davlat kompaniyalari uchun AQSH va Yevropa Ittifoqi bozorlarida qarz olishga cheklovlar;
- Rossiya rasmiylari, yirik biznesmenlar va ularning oila a’zolariga nisbatan sanksiyalar.
AQSH sanksiyalari ostida qolgan banklar orasida Sberbank “Otkritiye”, Sovkombank va Novikombank ham bor edi (“The Bell”ga ko‘ra, bu to‘liq blokirovka qiluvchi sanksiyalar haqida emas, balki AQSHdagi vakillik hisoblarini blokirovka qilish haqida, bu esa “Sber”ni dollarda operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak.). Shuningdek, sanksiyalar ostida “Rosneft” rahbari Igor Sechinning o‘g‘illari, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining atrof-muhit masalalari bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov, VTB va Sberbank top-menejerlari ham bor.
AQSH Prezidenti joriy qilingan sanksiyalarni Rossiyaning G‘arb davlatlari Ukrainaga bostirib kirishidan oldin muhokama qilgan SWIFT banklararo o‘tkazma tizimidan uzilishidan ko‘ra kuchliroq deb atagan.
“Bu tajovuz javobsiz qolishi mumkin emas. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Amerika uchun oqibatlar [gaz narxi oshishidan] ancha yomonroq bo‘ladi”, degan AQSH Prezidenti.
Uning qayd etishicha, “Putin agressiyasi” Rossiyaga iqtisodiy va strategik ma’noda qimmatga tushadi, Rossiya Prezidentining o‘zi esa xalqaro maydonda “quvg‘indi”ga aylanadi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi