Putin Qozog‘istonni Rossiyaning eng yaqin ittifoqchisi deb atadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ularning mamlakatlari shunchaki ittifoqchi yoki strategik hamkor emas, balki eng yaqin ittifoqchi ekanini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Rossiya va Qozog‘iston ittifoqchilar. Shuni alohida aytmoqchimanki, har qanday holatda ham biz shunday hisoblaymiz. Eng muhimi, ikki davlat shunchaki hamkor emas, eng yaqin ittifoqchilardir”, degan Rossiya Federatsiyasi rahbari.

O‘z navbatida, Qozog‘iston rahbari Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda hech qanday fundamental masala yoki muammo yo‘qligini ta’kidlagan. To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat ham taraqqiyot yo‘lini mustaqil, suveren tanlash uchun bir-biriga to‘sqinlik qilmaydi. Aksincha, teng huquqli va o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi rahbarlarining shaxsiy uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan. Muzokaralar tor va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan hamda hujjatlar imzolangan. Putin va To‘qayevning bu uchrashuvi 2023 yildagi beshinchi uchrashuv bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bo‘yicha uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik Amerika Qo‘shma Shtatlari Qozog‘istonda o‘z ta’sirini kengaytirayotganini aytgandi. Shu oy boshida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Ostonaga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing