Putin Qozog‘iston bilan chegarada yuk mashinalari to‘planib qolishining sababini aytdi

Olam

image

Kecha, 27 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakunlari va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammiti bo‘yicha matbuot anjumanida Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi yuk mashinalari navbatlarining sababini aytdi.

Putinga ko‘ra, bu muammo Rossiya bojxona organlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qarorlari doirasida yuk transportini yo‘llarda tekshirishni boshlagani oqibatida yuzaga kelgan.

“Aniqlanishicha, sezilarli miqdordagi yuklar, siz aytgandek, yuk mashinalari Rossiya-Qozog‘iston chegarasini umuman hujjatsiz kesib o‘tmoqda”, degan Putin.

U har bir yuk mashinasida davlatlar o‘rtasida kelishilgan hujjatlar to‘plami bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

“Hujjatlar orqali aniq bo‘lishi lozim: fura ichida nima bor va eng kamida, bu yuk qaysi qabul qiluvchiga yuborilmoqda. Birinchi hujjatdan ma’lum bo‘ladi, yukning bojxona qiymati, kim boj to‘lashi va QQSni kim to‘lashi kerak. Yo‘llarda tekshiruvlar boshlanishi bilan, hujjatlarning umuman mavjud emasligi aniqlanib qoldi. Bu – qora import, va kechirasiz, ammo ular shunchaki bizning bojxona hududimizga kirib bormoqda. Rossiya Federatsiyasi milliardlab, o‘nlab milliardlab rubl daromadidan mahrum bo‘lmoqda”, deya urg‘ulagan Prezident.

Putin, shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan vaziyatni muhokama qilganini bildirgan. 

“Biz kelishib oldik, bu katta yuk mashinalari to‘plangan Qozog‘iston hududidagi navbatni Rossiyaga kirishi uchun asta-sekin yo‘l ochamiz. Bojxonalarimiz o‘zaro kelishuvga ko‘ra, yuklar qiymatini va qabul qiluvchi ma’lumotlarini bildiradi va biz yuk mashinalarini asta-sekin o‘tkazamiz. Navbatlar bo‘lmaydi, deya ishonch bildirgan Putin . 

Rossiya yetakchisining aytishicha, Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi yuk mashinalari navbatlari masalasi 2025 yil oxirigacha hal qilinadi.

Qayd etish joiz, joriy yilning sentyabr oyidan buyon Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida furalar navbatda turmoqda. “Qora import” bilan kurashish maqsadida Rossiya tomoni yuklarni diqqat bilan tekshira boshladi. Prezidentning 24 oktyabr kungi farmonida yuklarni tekshirish uchun qo‘shimcha quvvatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing