Putin “Qodirov ordeni” bilan mukofotlandi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Prezident Vladimir Putinni “Qodirov ordeni” bilan taqdirlandi. Ushbu orden 2007 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Checheniston Respublikasidagi eng oliy mukofot hisoblanadi.

"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga hozirgina Checheniston Respublikasining oliy mukofoti – Ahmad hoji Qodirov nomidagi birinchi orden berildi. Bu to‘g‘ridagi farmon 2007 yilda imzolangan edi, uni topshirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmagan edi”, deb yozadi Qodirov Telegram’dagi o‘z kanalida.

Shuningdek, Qodirov mukofot Checheniston aholisining minnatdorchiligi ramzi ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovga Qur’onni yoqib yuborgan shaxsni kaltaklagani uchun Checheniston qahramoni unvoni berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing