Putin Isroilning yangi Bosh vaziri bilan suhbatlashdi. Ular nimaga kelishib oldi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Isroilning yangi saylangan Bosh vaziri Naftali Bennet telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.  

“Siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi”, deyilgan xabarda. 

Xususan, suhbat davomida Ikkinchi Jahon urushi voqealari haqidagi tarixiy haqiqatni saqlab qolish, natsizmni ulug‘lashga qarshi kurash, Holokostni inkor etish va Qizil Armiyaning G‘alabaga qo‘shgan hissasi mavzularida gaplashilgan. 

Shu bilan birga, Putin va Bennet Rossiyada va Isroilda COVID-19 tarqalishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlarni hamda qator mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan. Suhbat davomida tomonlar yaqin kunlarda uchrashishga ham kelishib olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13 iyun kuni Bennet 12 yil davomida ushbu lavozimni egallagan Binyamin Netanyaxuning o‘rniga Isroil Bosh vaziri etib saylangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bennet

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing