Putin Ilon Maskning taklifini qabul qiladimi?

Olam

image

Avvalroq, amerikalik taniqli ishbilarmon Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Twitter’dagi rasmiy akkauntiga ikki tilda murojaat qilib, uni tobora ommalashib borayotgan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbat qilishga taklif etgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu taklif haqida gapirdi. 

Kreml vakili Putin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini va ularni shaxsan o‘zi boshqarmasligini, shuning uchun uni "avval tartibga solish" kerakligini aytdi. 

"Umuman olganda, albatta, juda qiziqarli taklif, ammo biz bu nimani anglatishini, bizga nima taklif qilinganini tushunib olishimiz kerak. Shuning uchun avval bularning barchasini qandaydir tarzda tekshirib ko‘ramiz, so‘ngra taklifga munosabat bildiramiz", deb qo‘shimcha qilgan Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mask

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing