Putin xorijiy maxsus xizmatlarning Rossiyadagi rejalarini oshkor qildi
Olam
−
06 mart 2019
12179Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati yig‘ilishida xorijlik maxsus xizmatlar mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarga ta’sirini orttirishga urinayotganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Barcha yo‘llar bilan siyosiy, iqtisodiy, texnologik xarakterdagi ma’lumotlarga yetishga urinyaptilar”, degan Putin.
U kontrrazvedka faoliyati va Rossiya uchun ahamiyatli ma’lumotlarning ishonchli himoyalanishi o‘ta muhim ekanini qayd etdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda Rossiyada xorijiy maxsus xizmatlarining 129 nafar doimiy xodimlari va 465 nafar agentlari faoliyati aniqlangan. Putinning o‘ylashicha, kontrrazvedka “samarali va hujumkor” harakatlangan.
Putin terrorchilikka qarshi kurash mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan. U FXXning terrorchi guruhlarning rejalarini buzish bo‘yicha samarali faoliyatiga qaramay, hamon teraktlar xavfi saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiyada har yili 20 ga yaqin terrorchilik aktlari bartaraf etiladi.
LiveBarchasi