Putin G‘alaba paradiga Markaziy Osiyodan yana bir davlat Prezidentini taklif qildi
Olam
−
05 may 2023
33320Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni shu yilning 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga taklif qildi. Bir qator OAVlarda Rahmonning Moskvadagi paradga borishi haqida xabarlar tarqaldi. Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati Moskvaga safar haqida aniq qaror qabul qilinmaganini, Imomali Rahmon 9 mayni Dushanbeda o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon telefon orqali muloqot qilgan. Davlat rahbarlari G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan bir-birini o‘zaro tabriklagan.
Suhbat chog‘ida prezidentlar o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha Tojikiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlari rivojlanishidagi ijobiy dinamikani qayd etgan. Putin va Rahmon xalqaro hamda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, G‘alaba kuni munosabati bilan Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov yagona xorijiy davlat rahbari sifatida qatnashishi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi