Putin: “G‘alaba paradi qoldirildi”

Olam

image

Har yili 9 may – SSSRning fashistik Germaniya ustidan g‘alaba qozongani sharafiga o‘tkaziladigan harbiy parad koronavirus sabab kechiktirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Parad epidemiologik vaziyat barqarorlashganda o‘tkaziladi. Ammo o‘sha qulayroq vaziyat qachon kelishi hozircha noma’lum.

Har yil 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda RF katta parad o‘tkazishi an’anaga aylangan. Paradda davlat va hukumat rahbarlari ham ishtirok etadi.

Harbiy paradda RF Qurolli kuchlaridagi eng zamonaviy qurollarini ham namoyish qilardi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi harbiy paradda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi taxmin qilinayotgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar 27 938 nafarga yetdi. Ularning 2304 nafari sog‘aygan va 232 nafari vafot etgan. So‘nggi sutkada 3448 kishida koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin parad

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing