Putin “feyk” uchun qamash to‘g‘risidagi yana bir qonunni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining xorijda faoliyat yuritayotgan har qanday davlat organlari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot berganlik uchun jinoiy jazoni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan.

Davlat idoralari haqidagi soxta ma’lumotlar uchun javobgarlik Rossiya Qurolli Kuchlari haqida yolg‘on ma’lumot uchun ilgari kiritilgan javobgarlikka o‘xshaydi – qoidabuzarlar uch yilgacha qamoq yoki 1,5 million rublgacha jarimaga tortiladi.

Shu bilan birga, agar huquqbuzarlik o‘z mansab mavqeidan foydalangan holda, g‘arazli niyatlarda, siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovatga asoslangan holda sodir etilgan bo‘lsa, qonunda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 million rublgacha jarima. Agar soxta ma’lumot jiddiy oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Irina Pankinaning tushuntirishicha, ushbu chora-tadbirlar nafaqat Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari, balki RFning boshqa organlari - elchixonalar, Rossiya gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, prokuratura haqida ham noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilayotgani uchun zarur.

Bundan oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyalik harbiy xizmatchilarning harakatlariga oid “soxta ma’lumot”lar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing