Putin Erdo‘g‘anni 70 yoshi bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anni 70 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Putin Turkiya yetakchisini 70 yoshlik yubileyi bilan telefon orqali tabriklagan. 

Suhbat chog‘ida Putin Erdo‘g‘anning Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14 fevral kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Turkiyaga yaqin orada, Rossiyada mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan oldin borishi mumkinligini aytgan edi. 

Erdo‘g‘an ma’muriyati esa Anqara Putinning Turkiyaga tashrifi saylovdan keyin amalga oshishini kutayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin Turkiyaga borib, Erdo‘g‘an bilan tashqi siyosiy masalalarni muhokama qilishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing