Putin buyuk buzg‘unchi — Klinton Rossiya-AQSH sammiti haqida fikr bildirdi 

Olam

image

AQSHning sobiq Davlat kotibi va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klinton MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya rahbari Vladimir Putinning Prezident Jo Bayden bilan uchrashuv vaqtidagi xatti-harakatiga izoh berdi.  

“Putin buyuk buzg‘unchi, uning aniq vazifasi bor — birinchi navbatda AQSHda demokratiyani buzish. Prezident Bayden aytganidek, biz avtokratiya va demokratiya o‘rtasida kurash olib boryapmiz”, degan Klinton. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning so‘nggi to‘rt yildagi strategiyasida AQSHni “masxaralash” va “kuzatish” mavjud bo‘lib, bunga chek qo‘yish kerak. Uning fikricha, muzokaralar asosida tuzilgan bitimlar har doim ham haqiqiy yutuqlarni anglatmasligi mumkin. Klinton Putin bilan muloqotdagi “doimiy qiyinchilik”ga ishora qilgan. 

“Siz AQSH manfaatiga mos keladigan narsa haqida muzokara olib borganingizda ham, u barbod qilishni davom ettiradi va tom ma’noda bizning hayotimizni qiyinlashtirmoqchi bo‘ladi”, deb tushuntirgan Klinton. 

Klinton, shuningdek, Putinning 2016 yil Meksikada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama bilan muzokaralarni 45 daqiqaga kechiktirganini eslagan — u o‘sha paytda Rossiya yetakchisi “qasddan vaziyatni ushlab qolish uchun harakat qilganiga” amin. Klinton bu safar Putin bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, 16 iyun kuni Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashdi. Muzokaralar ikki qismdan iborat bo‘ldi: tor va kengaytirilgan tarkibda. Umuman olganda, uchrashuv taxminan 4,5 soat davom etdi. Shundan so‘ng, alohida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi: jurnalistlar bilan birinchi Rossiya rahbari, so‘ng Amerika rahbari suhbatlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

389

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing