Putin Blinkenning tashrifidan xavotirdami? U To‘qayevga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Kecha, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, shu kunning o‘zida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan ham telefonda gaplashdi. 

Rasmiy Ostonaning xabar berishicha, Prezidentlar oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilgan. 

Tranzit-transport yo‘nalishlari hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. 

Shuningdek, Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqdilar. 

Vladimir Putin saroyining ma’lum qilishicha, davlat rahbarlari Rossiya-Qozog‘iston ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash niyatlarini tasdiqladilar va aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan. 

Bu To‘qayev va Putinning joriy yil boshidan buyon uchinchi marta telefon orqali muloqot qilishi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 mart kuni Putin va Mirziyoyev o‘rtasida ham telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgandi. Matbuotda ushbu Putinning Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari bilan telefon orqali muloqoti AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning 28 fevral – 1 mart kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezidentlar To‘qayev va Mirziyoyev bilan muloqot qilganidan keyin o‘tkazilgani e’tibor qozonmoqda. 

Quyida QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanalida Entoni Blinkenning Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifi haqida maxsus ko‘rsatuvni tomosha qilishingiz mumkin


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing