Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?
Jamiyat
−
06 mart 2023 15408 1 daqiqa
Bugun, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.
Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqqani aytilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr