Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?

Jamiyat

image

Bugun, 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgan. 

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilingan. 

Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqqani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing