“Putin bizdan qo‘rqadi”. Zelenskiy Kremlning “lag‘monlari” haqida gapirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Braziliya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida "frontda ahvol chatoq, tashabbus ruslar qo‘lida" qabilidagi gap-so‘zlarni "Kremlning to‘qima hikoyalari", deb atadi. 

Zelenskiyning ta’kidlashicha, "ruslarning chindan qurollari bor" va ular Ukraina harbiylariga qaraganda ko‘proq. 

"Hozir vaziyat murakkab bo‘lishi mumkin, biroq harbiy yordam ma’qullanishi bilan bizda ham qurollar bo‘ladi. Biz shunchaki umid qilmaymiz, balki buning uchun kurashamiz", deydi u.

Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklar o‘z mamlakatlari, mustaqilligi hamda Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish rejalari uchun kurashdan voz kechmaydi. 

“Hali hech kim taslim bo‘lgani yo‘q. Putin bizdan juda qo‘rqadi. Mening bunga ishonchim komil", deya qo‘shimcha qilgan Ukraina Prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, yaqin oylarda Ukraina bir qator davlatlar, jumladan, AQSH bilan xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolashini aytgan. Unga ko‘ra, xavfsizlik shartnomasi nafaqat mudofaa, balki rekonstruksiya, moliyaviy va iqtisodiy yordamni ham qamrab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing