Putin bilan suhbatim Ukraina urushini bir necha yilga kechiktirgandi – Tramp

Olam

image

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati Ukraina urushini bir necha yilga kechiktirganini aytdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi

Qayd etilishicha, Tramp “Fox News” telekanalining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvida bergan intervyusi davomida Putin bilan suhbatini eslab, unga Ukrainaga bosqin “halokatli” bo‘lishini hamda buning evaziga beriladigan javob faqat “jahannam” ekanini aytgani haqida gapirgan. 

“Putin bilan juda yaxshi aloqalarga egaman. Aytmoqchimanki, u bilan uzoq vaqtdan beri gaplashmagan bo‘lsam ham juda mustahkam aloqalarim bor”, deydi u. 

Jurnalist Trampdan u tez-tez takrorlaydigan “Ukraina urushini 24 soat ichida to‘xtata olishi” haqidagi gapiga izoh berishini so‘ragan. 

“Agar men [Prezident] bo‘lganimda Putin buni qilmagan bo‘lardi. Urush men ketganimdan keyin boshlandi”, deya javob bergan Tramp. 

Sobiq davlat rahbarining aytishicha, u Putinga buni qilmasligi kerakligi, aks holda buning javobi halokatli bo‘lishini bildirgan. 

Shuningdek, u yana urushni 24 soat ichida to‘xtata olishi mumkinligini ta’kidlagan. 

“Biz ish boshlaganimizdan keyin men 24 soat ichida kelishuvga erishgan bo‘lardim. Men Zelenskiyga nimadir aytardim, Putinga ham nimadir derdim. Men uni bir xonaga olib kirib, qayta-qayta buni ta’kidlardim. Men kelishuvga juda tez erishgan bo‘lardim”, deydi Donald Tramp. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSHning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatida ham amaldagi Prezident Jo Baydenni ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Ukraina urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing