Afg‘onistondagi mag‘lubiyat uchun ahmoq Bayden aybdor – Tramp

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi Prezident Jo Baydenni 2021 yilda AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan muddatidan oldin olib chiqib ketish mas’uliyatini o‘zgartirgani uchun tanqid qildi. Bu haqda u o‘ziga tegishli “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Tramp Baydenni ahmoq deb atagan va Oq uyda yangi dezinformatsiya o‘yini boshlanganligini ta’kidlagan. 

“Oq uydagi eng katta ahmoq, ishonib bo‘lmaydigan Jo Bayden boshchiligidagi davlatimizni muntazam ravishda vayron qilayotgan bu ahmoqlar yangi dezinformatsiya o‘yiniga ega. Ular Afg‘onistonda sharmandalarcha taslim bo‘lganlikda “Tramp”ni ayblashadi”, degan sobiq prezident. 

Shuningdek, u ushbu falokatni hamma qatori o‘zi ham kuzatganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Tramp Baydenni Afg‘onistondan birinchi bo‘lib tinch aholini emas, harbiylarni evakuatsiya qilishga chaqirgani uchun ham qoralagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 85 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va texnikaning yo‘qolishi va ularning “Tolibon”ga o‘tkazilishida, shuningdek, Amerika askarlarining o‘limida aynan amaldagi prezident aybdor.

“Buning uchun Bayden aybdor, boshqa hech kim emas!” deya xulosa qilgan Tramp.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning bahorida AQSH o‘z qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqish qarorini e’lon qilganidan so‘ng “Tolibon” mamlakat ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan. 15 avgust kuni radikallar Qobulga jangsiz kirib borgan va 7 sentyabr kuni qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan o‘zlarining muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Tramp Tolibon Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing