Putin Baydenning shartiga rozi bo‘ladimi? Peskov tilga kirdi

Olam

image

Ukrainani tark etish sharti bo‘lsa, Kreml Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaraga tayyor emas, biroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putin aloqalarga ochiqligicha qolmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqotda so‘z ochdi. 

Gap shundaki, kecha, 1 dekabr kuni Oq uyda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgan AQSH Prezidenti Jo Bayden Putin bilan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish imkoniyatini muhokama qilishga tayyorligi, biroq uga qo‘ng‘iroq qilish niyati yo‘qligi, bu Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainani tark etgandan keyingina mumkinligi haqida aytgandi

Dmitriy Peskov AQSH rahbarining so‘zlariga munosabat bildirarkan, Kreml Baydenning shartiga tayyormasligini urg‘ulaydi. 

“Ammo shu bilan birga, Prezident Putin aloqalar, muzokaralar uchun ochiq edi va shunday bo‘lib qoladi. Albatta, bizning manfaatlarimizga erishishning eng afzal yo‘li tinch, diplomatik yo‘llardir”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi yangi hududlarni haligacha tan olmadi va bu, albatta, o‘zaro munozara uchun qandaydir o‘zaro zamin, asos qidirishni sezilarli darajada murakkablashtiradi.

Peskov, shuningdek, Putin Rossiyaga nisbatan qurolli bosqin boshlanishidan oldin Kreml tayyorlagan matnlar loyihasi asosida [Rossiya Federatsiyasi uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha] AQSH, NATO va YeXHT bilan muzokaralar boshlashga harakat qilganini ta’kidladi. 

Kreml vakili bu tashabbus o‘zaro tenglik asosidagi javobsiz qolganini esladi. Shu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Rossiya manfaatlarini ta’minlash maqsadida muzokaralar uchun doimo ochiq bo‘lgani va hamon bunda sobitligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing