Putin Baydenning haqoratiga javob qaytardi. Vaziyat jiddiylashmoqda

Olam

Avvalroq AQSH Prezidenti Jozef Bayden Putinni “qotil” deb bilishi hamda Rossiya rahbari Amerika prezidentlik sayloviga aralashgani uchun tovon to‘lashini ta’kidlagani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 18 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerika rahbariga javob qaytardi.

“Men unga sog‘ bo‘ling, deb javob bergan bo‘lardim va yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, kim o‘zgani haqorat qilsa, uning o‘zi shunaqa”, deydi Putin.

Putin shuningdek, Amerika ziyolilari xususida ham so‘z ochgan.

“Amerika elitasining ongi qiyin sharoitlarda rivojlangan: mahalliy aholining qirg‘ini, AQSHning Yaponiyaga yadro bomba tashashi, qullik – Qo‘shma Shtatlardagi afro-amerikaliklar hanuzgacha adolatsizlikka duch kelmoqda”, deb AQSH tarixini esladi Rossiya rahbari.

Putinning ta’kidlashicha, AQSH Rossiya bilan hisoblashishga majbur bo‘ladi.

“Garchi Qo‘shma Shtatlar bizni o‘zlariga o‘xshatsa-da, bu unday emas, bizning genetik kodimiz boshqa”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, Kreml rasmiy vakili Peskov ham Bayden so‘zlariga munosabat bildirdi. U Bayden Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilamoqchi emasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

3146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing