Putin BAA Prezidentiga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 6 dekabr kuni Abu-Dabiga borganida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga o‘zining portretini sovg‘a qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Sovg‘alar almashinuvi bo‘yicha protokol bo‘lib o‘tdi. Putin Prezident Nahayon tasvirlangan kartinani sovg‘a qildi. Putinga esa mozaika tuhfa etildi", deydi Peskov.

Putinning kechagi safaridagi ikkinchi manzil – Saudiya Arabistonida esa sovg‘a almashish bo‘lmagan. Peskovning tushuntirishicha, Ar-Riyodga qilingan safar ishchi tashrif bo‘lgani uchun sovg‘a berish marosimi o‘tkazilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 dekabr kuni Putin BAAga yetib borgan va u yerdan kechqurun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin BAA Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made