Putin aytilmagan joyga bormaydi – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan G7 sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha rasmiy taklif olmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytdi.

“Albatta, bunday taklif bo‘lgani yo‘q. Bilasiz, Moskva va Kiyev o‘rtasida rasmiy aloqa kanallari ham mavjud emas”, degan Peskov.

Kreml vakiliga ko‘ra, Putin tomonidan Zelenskiyga barcha zarur fikrlar aytilgan, takliflar bildirilgan va bir necha bor takrorlangan.

“Agar Zelenskiy mas’uliyat bilan va jiddiy muloqot qilishga tayyor bo‘lsa, Kiyev rejimi nima haqida gap ketishini yaxshi biladi. U har doim Moskvaga kelishi mumkin, u yerda uni qabul qilishadi”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

15 iyun kuni Zelenskiy Fransiyada boshlangan G7 sammiti doirasida Putinga uchrashuv taklif qilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taklif Rossiya tomoniga yetkazilgan, biroq hozirgacha javob kelmagan.
Zelenskiy, shuningdek, mazkur tashabbus haqida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham xabardor qilinganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Zelenskiy Putinga ochiq maktub yo‘llab, shaxsiy uchrashuvning aniq sanasini belgilashni taklif qilgan edi. U muzokaralar Shveysariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birida o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan.

5 iyun kuni esa AQSH Prezidenti Donald Tramp Putin va Zelenskiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvini ijobiy qadam deb baholagan. O‘sha kuni Putin esa hozircha Ukraina rahbari bilan shaxsan uchrashish uchun sabab ko‘rmayotganini bildirgan edi. Peskovning ta’kidlashicha, Zelenskiy uchrashuv taklifini ochiq xat shaklida e’lon qilish o‘rniga boshqa diplomatik yo‘llar orqali ham yetkazishi mumkin edi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin G7 sammit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing