Putinga yozilgan xatdan kerakli natijani oldim – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir oy davomida turli maqsadlarda turli tashkilotlar va mamlakatlarga bir nechta xat yozganini, xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, o‘ziga kerakli natijaga erishganini bildirdi. Bu haqda u kecha, 9 iyun kuni Tallinda Shimoliy Yevropa va Boltiqbo‘yi mamlakatlari yetakchilari bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Bir oy davomida men Yevropa Ittifoqidan boshlab, AQSH Prezidenti, AQSH Kongressiga, shuningdek, Putinga bir nechta xat yubordim. Menda turli maqsadlar bor edi. Misol uchun, AQSHga murojaat qilar ekanman, ularning e’tiborini Yaqin Sharqdan Ukrainadagi vaziyatga biroz bo‘lsa-da qaratish uchun hamma narsani qilishni xohladim.

Men sizlar bilan barcha tafsilotlarni baham ko‘rolmayman, lekin davlatimga juda katta miqdorda raketaga qarshi mudofaa vositalari zarur. Men natijaga erishdim, biroq hozir bu natija aynan nimadan iborat bo‘lganini aytolmayman, lekin men buni uddaladim.

Putinga xat yuborishdan maqsadim bor edi va o‘ylaymanki, men o‘zimga kerakli natijani oldim”, deydi Zelenskiy.

U Putinga yozilgan xat kontekstida aynan qanday natija haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga ochiq xat e’lon qilib, unda urushni “to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot” va shaxsiy uchrashuv orqali yakunlashni taklif qilgan edi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ertasi kuniyoq Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisidagi chiqishi vaqtida javob qaytardi. Putin Zelenskiyning xatida “qo‘pollik unsurlari” borligini ma’lum qildi. U uchrashuvlardan hech qachon bosh tortmaganini va Ukraina Prezidenti Moskvaga borishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.  

May oyining oxirida Vladimir Zelenskiy Donald Trampga ham xat yo‘llab, unda Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan, ballistik raketalarga qarshi kurashish vositalari taqchilligi chuqurlashib borayotganidan ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ukraina Vladimir Zelenskiy maktub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing