Putin ayrim mahsulotlar eksport va importini cheklash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi maxsus chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Prezident Putin yil oxirigacha ro‘yxati hukumat tomonidan belgilanadigan ayrim mahsulot va xomashyoni respublikadan tashqariga olib chiqish va olib kirishni taqiqlash bo‘yicha topshiriq berdi.

“Sanoat xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida... 2022 yil 31 dekabrga qadar quyidagi maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar qo‘llanilishini ta’minlashga qaror qilaman”, deyiladi hujjatda.

Farmonga ko‘ra, cheklovlar rossiyaliklar, xorijliklar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan yoki mamlakatdan olib chiqiladigan tovarlar va xomashyolarga ta’sir qilmaydi.

Prezident, shuningdek, hukumatga ikki kun ichida ushbu (ro‘yxat ham hukumat tomonidan shakllantiriladi) tovarlarni olib chiqish taqiqlanadigan xorijiy davlatlar ro‘yxatini aniqlashni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 mart kuni ertalab Putin sanksiyalar ostidagi fuqarolar va biznesni qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.

Avvalroq, 7 mart kuni esa Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi Rossiyaga, uning kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi

Ro‘yxatga AQSH va Kanada, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya (jumladan, Jersi, Angilya, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

559

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing